«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino mavsum yakunida «Mançester Yunayted»ga ötişi mumkin.
Argentinalik mutaxassis – mankunianliklar boş murabbiyligi uçun asosiy nomzod bölib turibdi.
The Times xabariga köra, Poçettinoning şartnomasida uning tovon puli miqdori keltirilmagan. «Tottenhem» bir neça marça bayonot berib, uşbu mutaxassisga qiziqiş bildirayotgan «Real» bilan ham, «Mançester Yunayted» bilan ham muzokara ötkazmasligini ma'lum qilgandi.
Şu tufayli, «MYu» mutaxassis uçun London klubiga şartnoma böyiça 4 yillik maoşini – 34 million funtni tölab berişiga töğri keladi. Poçettino şu yil yozida yangi 5 yillik şartnoma imzolagan, unga köra yillik maoşi miqdori 8,5 million funtga yetgandi.
Oxirgi vaqtlarda Poçettino «Tottenhem» rahbariyatidan faqat yoş futbolçilarga işonç bildirib, tarkibni kuçaytiriş uçun mablağ ajratmayotganidan noroziligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Bugun «MYu» Joze Mourinoni iste'foga çiqardi, uning örniga mavsum oxiriga qadar jamoaning sobiq futbolçisi, Mourinoning murabbiylar ştabida işlagan Maykl Kerrik murabbiy etib tayinlanadigan böldi.
«MYu» boş murabbiyligi uçun nomzodlar qatorida Loran Blan va Zinedin Zidan nomlari ham tilga olinmoqda.













