«Klubimiz jamoa boş murabbiyi Poçettino bilan hamkorlikni töxtatganini tasdiqlaydi. Maurisio va uning ştabiga hamkorlik uçun minnatdorçilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz», - deyiladi Parij klubi bayonotida.

Poçettino 2021 yilning yanvar oyida Tomas Tuxel örniga «PSJ» boş murabbiyiga aylangandi. Argentinalik 50 yoşli mutaxassis qöl ostida «PSJ» Fransiya çempioni va kubogi sohibi hamda mamlakat Superkubogini qölga kiritdi. Kelişuv bekor qilingani uçun murabbiyga 15 million yevro tovon puli tölanişi kutilmoqda.

Avvalroq, klubning yangi boş murabbiyi etib Kristof Galte tayinlanişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.