Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Xitoyda korrupsiya ustidan g‘alabaga erishilganini ma'lum qildi
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin islohotlar va oshkoralik siyosatining qirq yilligi munosabati bilan qilgan ma'ruzasida mamlakatda korrupsiya ustidan g‘alaba qozonilgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Biz ichki partiya boshqaruviga, ichki siyosiy muhitni tozalash, tartib-intizomga qat'iy rioya qilishga amal qilmoqdamiz, formalizm, byurokratiya, gedonizm va isrofgarchilikka qarshi barcha kuchni tashlagan holda kurashish, korrupsiya bilan kurashga e'tiborsiz qarab turmaslik hamda qat'iylikni ko‘rsatmoqdamiz», - dedi Si Tszinpin.
Xitoy Xalq Respublikasi raisining ma'lum qilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashda «ishonchli g‘alabaga erishilgan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya kuchayadigan bo‘lsa, dunyoda falokat yuz berishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026