Yoşlarga oid davlat siyosatini tarğib qiluvçi rolik mualliflarini rağbatlantiriş maqsadida Ijtimoiy roliklar tanlovi e'lon qilindi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda Yoşlar media markazi tomonidan ötkazilayotgan tanlovda ğoliblar beşta nominatsiya böyiça aniqlanadi:

1) Innovatsion ğoya va aqliy salohiyatni oşiriş;

2) Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va bandlikka kömaklaşiş;

3) Soğlom turmuş tarzi va ommaviy sportni tarğib qiliş;

4) Jinoyatçilik, giyohvandlik va boşqa salbiy illatlarga qarşi kuraşiş;

5) “Bu – mening Özbekistonim”.

Har bir yönaliş böyiça 1-,2-,3-örin hamda rağbatlantiruvçi mukofot beriladi. 1-öringa 5 million söm, 2-öringa 3 million söm, 3-öringa 2 million söm, rağbatlantiruvçi örin sohibiga esa 1 million söm ajratilgan.

Hakamlar hay'ati qarori bilan 5 ta nominatsiyaga taqdim etilgan roliklardan biri mutlaq ğolib sifatida e'lon qilinadi va muallifga 10 million söm beriladi.

Materiallar 24 dekabrga qadar Yoşlar ijod saroyida qabul qilinadi. Unda 2018 yil davomida tasvirga olingan mavzuga oid barça roliklarni taqdim qiliş mumkin.