AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) rossiyaliklarni AQŞ razvedkasi bilan ma’lumot almaşişga çaqiruvçi reklama roligini çiqardi. "Markaziy razvedka boşqarmasi Rossiya haqidagi haqiqatni bilmoqçi, biz bu haqiqatni biladigan va ayta oladigan işonçli odamlarni qidirmoqdamiz. Sizning ma’lumotlaringiz siz öylaganingizdan ham qimmatroq bölişi mumkin", - deyiladi Markaziy razvedka boşqarmasining rasmiy Telegram-kanalida joylaştirilgan video izohida.

"Nega men Markaziy razvedka boşqarmasi bilan boğlandim?" deb nomlangan ikki daqiqalik videoning qahramonlari özlari xohlagan hayot keçirayotganiga şubha bilan qaraşlarini bildirgan. Putin ham, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi ham tilga olinmaydi, kadr ortidagi ovozda har bir fuqaro öz ahvolini yaxşilaş uçun nimadir qilişi va baribir vatanparvar bölib qolişi mumkinligi ta’kidlanadi.

"Biz ruslarga öz tillarida ular nimalarni boşdan keçirayotganini bilişimizni aytmoqçi edik", dedi CNN'ga öz nomini sir qolişini söragan Markaziy razvedka boşqarmasi xodimi. Amerika razvedka xizmatlari vakillari ta’kidlaganidek, şu yöl bilan ular Ukrainadagi uruş va Rossiyadagi hayotdan norozi bölgan rossiyaliklarni aloqa örnatişga işontiriş niyatida. Markaziy razvedka boşqarmasining Telegram-kanalida AQŞ razvedka idoralari bilan qanday xavfsiz va anonim muloqot qiliş böyiça körsatmalar yozilgan video ham e’lon qilindi.

CNN manbasiga köra, maqsadli auditoriya mamlakat içida ham, xorijda ham yaşovçi minglab yoki ön minglab rossiyaliklarni öz içiga olişi mumkin, ular qimmatli ma’lumotlarni almaşiş imkoniyatiga ega. Gap maxsus xizmatlar, kiberxavfsizlik, texnologiya, moliya xodimlari, şuningdek, harbiylar va diplomatlar haqida bormoqda.