AQSh raketa bitimi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi
Vashingtonning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimdan chiqish haqidagi qarori yakuniy hamda muloqotga taklif hisoblanmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori lavozimli manbalar gap mamlakatlar o‘rtasidagi muammoda emasligi, balki amerikaliklarning o‘zlari uchun noqulay bitimlar taqiqlovidan qutulish istagiga aloqadorligini aytib o‘tishgan.
«Ularning baholashicha, O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitim AQShning yerda joylashuvchi o‘rta va kichik masofadagi raketalarga ega davlatlar hamda Vashington ko‘z o‘ngida Amerika manfaatlariga tahdid solayotgan mamlakatlarga bor e'tiborni qaratish imkoniyatini cheklaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy, Eron va KXDRga ishora qilinmoqda», - dedi Ryabkov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya raketa bitimi bo‘yicha o‘z rejalarini ma'lum qilgandi.
Raketa qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Sergey Karakayevning aytishicha, Rossiya Strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlarini jangovar qo‘llashni rejalashtirishda AQShning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishini imkoniyatini hisobga olmoqda.
Vashingtonning Sharqiy Yevropa davlatlarida raketalarga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishiga javob sifatida, Rossiya raketa qo‘shinlarida AQShning Yevropadagi raketalarga qarshi mudofaa tizimi istiqboli samaradorligini yetarli darajada kamaytirish imkonini beruvchi qator harbiy-texnik choralar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024