Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada yong‘in oqibatida 600 ga yaqin uyning kuli ko‘kka sovurildi
Braziliyaning Manaus shahrida yong‘in oqibatida 600 ga yaqin uyning kuli ko‘kka sovurildi. Buning oqibatida 2,5 ming kishi boshpanasiz qolgan. Bu haqda Amazonas shtatining qutqaruv xizmati ma'lum qildi.
Globo portalining ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida 4 kishi jabrlangan, qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.
Yong‘in 17 dekabr kechki payt asosan yog‘och uylardan iborat nochor tumandan tarqala boshlagan, so‘ngra tosh uylarga ko‘chgan. Qutqaruvchilarning taxminicha, yong‘inga multivarkaning portlashi sabab bo‘lgan.
Yo‘l chetiga qo‘yilgan ko‘plab transport vositalari, kuchli shamol va elektr tarmoqdagi avariya o‘t o‘chiruvchilarga uzoq vaqt yong‘inga qarshi kurashni boshlashga imkon bermagan.