AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Meksika va Qöşma Ştatlar çegarasida «badiiy bezak qilingan» devor örnatiladi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Trampning eslatişiça, demokratik partiyadan bölgan raqiblari Amerika Qöşma Ştatlari va Meksika çegarasida «beton devor» qurilişini xohlaşmayapti. Prezidentning qayd etişiça, devor betondan emas, balki metalldan böladi.

«Biz badiiy bezaklarga ega pölat reykalardan devor qurmoqdamiz», - deb yozgan Tramp.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, şunday devor orqali Meksika yaxşi körinadigan böladi.

Trampning xulosa qilişiça, devor AQŞ fuqarolari «loyiq» bölgan xavfsizlikni ta'minlab beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor qurilişiga xarajatlar noqonuniy migratsiyadan yöqotiladigan mablağlardan 10 marta kamroq bölişini ma'lum qilgandi.