Ukraina şarqida 4,5 yildan beri davom etayotgan ixtilof davomida 3,3 ming kişilik tinç aholi halok bölgan, 9 mingga yaqin odam jarohat olgan. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça monitoring missiyasi dokladida aytilgan.

Bu doklad 2014 yil 14 aprelidan 2018 yil 15 noyabrgaça bölgan davrni qamrab olgan. Ta'kidlanişiça, qurbonlar orasida 1791 erkak, 1045 ayol, 98 öğil bola, 49 qiz bola va jinsi örnatilmagan 37 nafar katta yoşli kişi bor. 

“2017 yil avgustida MN17 reysining halokatga uçraşida halok bölgan 298 kişi hisobga olinsa, qurbonlarning umumiy soni kamida 3318 kişini taşkil qiladi”, deyilgan hujjatda.

BMT 19 sentyabrda ham Donbassdagi ixtilof boşidan tinç aholi örtasidagi yöqotişlar hisobini keltirgandi. Monitoring komissiyasi 2014 yil apreldan 2018 yil avgustigaça jangovar harakatlar qurbonlari 2737 kişi bölganini ma'lum qilgan. 

Donbassdagi qurolli ixtilof 2014 yil boşida boşlanib hanuzgaça davom etmoqda. Öz mustaqilligini e'lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari 2014 yil fevralida özgargan hokimiyatni tan olmagan. Kiyev bunga javoban ularga qarşi aksilterrorçilik operatsiyasini boşlagan.