Bugun, 20 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga töliq tatbiq qiliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Katta qiyinçiliklar bilan, çet ellik ekspertlarni olib kelib soliq konsepsiyasini qabul qildik. Endi bu konsepsiyani hayotga tatbiq etişimiz kerak. Lekin konsepsiyasini amaliyotga joriy etişda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar bor. Menda bu konsepsiyani hamma ham töğri tuşunadimi, degan xavotir bor. Şuning uçun, bir neça marta qayta muhokama qildik. Bu jarayon 6 oydan buyon davom etmoqda», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yiğilişda prezident tomonidan ma'lum qilinişiça, 2019 yil uçun 19 milliard dollarlik eksport majburiyati qöyilgan.

«Kelgusi yil uçun katta marralar olingan. Heç qaçon 19 milliardlik eksport majburiyati qöyilmagandi. Örtoq, Otajonov, töğrimi? Keça qöl qöydim. Bu elektr eksportidan taşqari», deya boş vazir örinbosari, taşqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, maşinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi rahbari Nodir Otajonovga yuzlangan prezident.

Ma'lumot uçun, Özbekiston eksporti hajmi 2016 yilda 11,1 milliard dollarni, 2017 yilda esa 13,9 milliard dollarni taşkil etgandi. Prognozlarga köra, 2018 yilgi eksport hajmi 13 mlrd dollar atrofida böladi.

Prezident Özbekiston 2020 yilgaça paxta xomaşyosini xorijga sotişni töxtatişini yana bir bor ta'kidlab ötdi.

«Kelgusi yil töqimaçilik sanoati 1,9 mlrd dollarlik eksport qilişi kerak. 2020 yilga borib biz bir tonna ham, bir kilo ham paxta sotmaymiz. Özimizda qayta işlaymiz. Bu qöşimça qiymat degani», degan prezident «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbari Ilhom Haydarovga murojaat qilar ekan.

«Öztöqimaçiliksanoat»ning 2018 yildagi eksporti hajmi 1,5 milliard dollarni taşkil etgan.

«Qöşimça qiymat degani, qöşimça daromad degani. Byudjyetga 9,1 trln sömdan ziyod qöşimça mablağ tuşadi. Şundan 5 trln sömi mahalliy byudjyetga qoladi», deya davom qöşimça qilgan prezident.