Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olis hududlarda ishlovchi o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ustamalar belgilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan respublikaning olis tog‘li va chekka hududlarida joylashgan umumta'lim maktablari ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
Olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun Davlat byudjyeti hisobidan ustamalar berilishi quyidagi tartibda belgilanadi:
mehnat stajiga ega bo‘lmagan yosh mutaxassislar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 25 foizi;
mehnat staji 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 50 foizi;
mehnat staji 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 75 foizi;
mehnat staji 5 yildan ortiq bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 100 foizi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar berilishini doimiy nazoratga olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar berilishini qat'iy nazoratga olish;
joylarda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan maktablarga jalb etish, yosh mutaxassislarga ish va yashash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ta'lim sifatini yaxshilash vazifalari yuklatiladi.
Respublikaning olis tog‘li va chekka hududlarida joylashgan umumta'lim maktablari ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
Mavzuga oid
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
10:55 / 18.04.2026
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi
14:37 / 16.02.2026
B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz: kasbiy ta’lim pedagoglariga oylik ustama taklif qilindi
10:03 / 12.02.2026