Bu yil dunyodagi eng badavlat kişilar taxminan 511 milliard dollar yöqotdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Qayd etilişiça, ayni paytda sayyoradagi eng boy odamlarning puli 4,7 trln AQŞ dollariga baholanmoqda. Bu jahon savdosidagi keskin vaziyat, Amerika iqtisodiyotidagi pasayiş qörquvi, şuningdek, bozorlardagi pasayiş bilan boğliq.

Aniqlik kiritilişiça, rossiyalik tadbirkorlar boşqalar bilan soliştirganda juda köp pul yöqotmagan. Sanktsiya çeklovlari, Ukraina tomoni bilan keskinliklar yuzaga kelganiga qaramasdan, ularning boyligi «biroz» qisqardi.

Eslatib ötamiz, avvalroq asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rossiyaning Forbes naşriga bergan intervyusida Özbekistondagi biznes va imkoniyatlar haqida gapirgandi.