2019 yilda Uçinçi jahon uruşi boşlanib ketişi mumkin bölgan "qaynoq" hududlar Janubiy Xitoy dengizi, Ukraina, Fors körfazi va Koreya yarimorolidir. Bu haqda AQŞ harbiy kolleji professori Robert Farli özining The National Interest naşrida e'lon qilingan maqolasida yozmoqda.

Farlining fikriça, Janubiy Xitoy dengizida bir-biri bilan savdo uruşi olib borayotgan AQŞ va Xitoy töqnaşişi mumkin. Kuraş hozirça iqtisodiy sanksiyalar va bojlar körinişida bormoqda, ammo ikki tomonlama munosabatlar yomonlaşganidan söng bu nizo çegaradan çiqib ketişi mumkin, deb hisoblaydi muallif.

Ukraina haqida söz borar ekan, Farli Kerç böğozida yaqinda yuz bergan voqeani eslaydi. Uning fikriça, AQŞ va Rossiya örtasida saqlanib qolayotgan keskinlik hisobga olinsa, kiçkinagina oğiş ham hududdagi muvozanatni izdan çiqarib yuborişi mumkin.

Professor uçinçi "qaynoq" hudud sifatida Fors körfazini tilga oladi. AQŞning Eronga nisbatan iqtisodiy bosimi hamda Yaman va Suriyadagi nizolar sababli bu hududda keskinlik ösib bormoqda. Muallif bu mintaqada AQŞ, Rossiya va hatto Xitoy manfaatlari töqnaş kelişi mumkin deb hisoblaydi.

Muallif AQŞ va KXDR örtasidagi tinçlik taşabbuslariga qaramasdan, Koreya yarimoroli xavfli hududligiça qolayotganini ta'kidlaydi. Uning fikriça, Vaşington va Pxenyan örtasidagi munosabatlar duç kelgan vaqtda yomonlaşişi mumkin, bundan taşqari, Koreya masalasida Xitoy va Yaponiyaning qaraşlari turliça.