Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirildi

2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og‘ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija berdi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar qildi.
Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reaksiya bergan namunalardan biri o‘sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni olgan o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegishli. Undan tashqari, 2012 yilgi olimpiya o‘yinlarining -105 kg vazn toifasidagi chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, shuningdek mos ravishda 8- va 14-o‘rinni egallagan beloruslik Nikolay Novichkov va armanistonlik Melin Daluzyan ham ro‘yxatda bor.
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ushbu besh sportchini vaqtinchalik faoliyatdan chetlashtirgan.
Avvalroq so‘nggi olimpiya o‘yinlari davomida doping iste'mol qilish holatlari og‘ir atletikachilar orasida ko‘plab kuzatilayotgani tufayli sportning bu turi Olimpiada dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi ma'lum bo‘lgandi. Ushbu masala noyabr oyi oxirida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Ijroqo‘mida muhokama qilindi, ammo yakuniy qarorni qabul qilish keyinroqqa qoldirildi.
Ma'lumot uchun, Ruslan Nuriddinov oradan to‘rt yil o‘tib, 2016 yili Rioda olimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. U 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz bo‘ldi.
Ruslan 2013 yilda jahon chempionligiga erishgan, Osiyo chempionatlarida ham ikki marotaba g‘olib chiqqan. U 2014 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgani tufayli operatsiya stoliga yotgan edi, ammo jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz o‘tgach, bir yil reabilitatsiya bosqichini o‘tishga majbur bo‘ldi. 2015 yilda Nuriddinov yana bir marta operatsiya qilingach, qayta tiklanib sportga qaytishi uchun 10 oy vaqt talab qilingandi.
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Jamiyat | 09:52
-
Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Jahon | 09:27
-
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Jamiyat | 09:14
Mavzuga oid

16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi

08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi

15:23 / 04.12.2023