17:34 / 23.12.2018
12712

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr konsert dasturi namoyish etdi

Kecha, 22 dekabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va bir guruh kursantlardan tashkil topgan “Harbiy vatanparvarlik karvoni” Toshkent shahrida joylashgan “Chorsu” savdo majmuasi hamda Mirobod tumani dehqon bozorida o‘zgacha konsert dasturini namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kun davomida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Akademiyaning 3-bosqich kursantlaridan tashkil topgan faxriy qorovul guruhi tomonidan qurol bilan bajarilgan ko‘rgazmali chiqishlar esa barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by UzbekistanArmy (@uzbekistanarmy) on

Bundan tashqari, poytaxtimiz markazi – “Mustaqillik” va “Amir Temur” xiyobonlari, qator bozorlar hududida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri ijrosida yangragan navolar poytaxtimiz mezbon va mehmonlari e'tibor markazida bo‘ldi.

Top