Bosh prokuratura: 40 mingga yaqin shaxs intizomiy, ma'muriy va moddiy javobgarlikka tortildi
«Taraqqiyot strategiyasi» Markazida 2018 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining Bosh prokuratura mas'ul hisoblangan bandlarini ijro etilishi natijalariga bag‘ishlangan press-konferensiya o‘tkazilmoqda. Tadbirda Bosh prokuratura mas'ul xodimlarining hisoboti eshitilyapti.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi doirasini qayta ko‘rib chiqish asosida jami 86ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari Bosh prokuraturaning bevosita ishtirokida ishlab chiqilib, qabul qilingan.
Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevning aytishicha, hisobot davrida 264 260 murojaat kelib tushgan, shulardan 41 230tasi qanoatlantirilgan. 1 trln 832 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar undirib berilgan.
Uning aytishicha, 39 991 shaxs intizomiy, ma'muriy va moddiy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, «Elektron jinoyat ishi» tizimi va masofaviy so‘roq tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmokda. Bu tizim Toshkent shahrining ikki tumanida sinovdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020