Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Instagram o‘rniga o‘zining «ichki» ijtimoiy tarmog‘ini joriy etmoqchi
Eron Instagram o‘rniga mamlakatda ishlab chiqarilgan mahalliy ijtimoiy tarmoqni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Eron kibermakon bo‘yicha oliy kengashi kotibi Abulhasan Firuzobodiyga tayanib Mehr agentligi xabar berdi.
«Biz Instagram’dan muzokara o‘tkazishni so‘radik, ammo hozircha hech qanday uchrashuv bo‘lmadi», dedi Firuzobodiy.
Dekabr oyi boshida Firuzobodiy milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan har qanday xorij messenjeri Eronda o‘z vakiliga ega bo‘lishi kerakligi haqida aytgandi.
Eronda Twitter ijtimoiy tarmog‘iga kirish ham yopilgan. Ammo shunga qaramay, prezident Hasan Ruhoniy va tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning Twitter’da rasmiy akkauntlari mavjud.
Mavzuga oid
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
18:13 / 21.05.2026
O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
17:40 / 21.05.2026
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi
21:05 / 20.05.2026