Huquqiy hujjatlar inson manfaatiga xizmat qiladi yoki aksinça, erkin harakatlanişga tösiq bölişi ham mumkin. Jahon tajribasida deyarli barça mamlakatlar qonunçiligida aybsizlik prezumptsiyasi (aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmagunça, u aybsiz hisoblanadi va aybsizligini isbotlab berişi şart emas) mavjud. Xöş, Özbekiston qonunçiligida vaziyat qanday? Aybsizlik prezumptsiyasiga amal qilinmoqdami?
Qoidalar jonli yaşaşi uçun, avvalo, qonunçilikning özida aybsizlik prezumptsiyasiga zid kelmaydigan tartib belgilanişi lozim. Masalan, Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining 297-moddasida jinoyat sabablarini bartaraf etiş va oldini oliş haqida suriştiruvçi, tergovçi, prokuror tegişli organlar (şaxsning iş joyi, mahallasi)ga taqdimnoma kiritişi aytiladi. Hali sud tomonidan şaxsning harakat yo harakatsizligiga huquqiy baho berilmay, jinoyatni keltirib çiqaruvçi omillar bartaraf etilişi söraladi. Tabiiyki, savollar paydo böladi: tergov organining bunday taqdimnomani kiritişi aybsizlik preziumptsiyasiga zid kelmayaptimi?
Toşkent Davlat yuridik universiteti öqituvçisi Ötkir Xolmirzayevning aytişiça, aybsizlik prezumptsiyasi umumhuquqiy norma bölib, unga amal qiliş jinoyat protsessining barça bosqiçlarida ustuvor hisoblanadi.
«Aslida, jinoyatlarning oldini oliş jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining asosiy vazifalaridan hisoblanmasa-da, JPKda jinoyat işlarini yuritişning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibi jinoyatlarning oldini olişga yordam qilmoği lozimligi körsatilgan.
Taqdimnoma faqatgina jinoyatning sabablarini va uning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf etiş çoralarini köriş yuzasidan kiritiladi. Mantiqan olib qaralganda, jinoyatning zaruriy belgisi sifatida şaxsning aybi isbotlanişi bilan jinoyat (jinoiy holat emas) sodir etilganligi e'tirof etiladi. Bu esa sud hukmi bilan tasdiqlanadi. Demak, sud hukmi bölmasdan turib jinoyatning sabablarini va uning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf etişni söraş notöğriday körinadi.
Masalan, şaxs firibgarlik jinoyatida ayblanyapti, tergovçi u yaşaydigan mahallaga firibgarlik jinoyatning sabablarini, şart-şaroitlarni bartaraf etişni sörab taqdimnoma kiritdi, deylik. Mahallada uşbu holat muhokama etiladi, odamlar firibgarlik holatidan ogohlantiriladi. Biroq sudda şaxsning aybi isbotlanmay, tergovçi firibgarlik, deb malakalagan qilmişni sud qarz munosabati, deb topsa-çi? Umuman sudlanuvçining aybi bölmay, u oqlansa-çi? Oqibatda sudlanuvçi şaxsning yaşaş joyida şarmanda bölgani qoldi, şa'ni-qadr qimmati kamsitildi. Ba'zida, hatto taqdimnomadan kelib çiqib ayrim xodimlarga intizomiy ta'sir çoralari qöllaş holatlari ham uçrab turadi. Bunda sudgaça iş yuritişdagi taqdimnoma tartibining aybsizlik prezumptsiyasiga zid qöllanilişini köriş mumkin. Taqdimnoma kiritilgandan keyin taşkilotlar uni ijro etişda şaxsning keyingi taqdiri haqida ham çuqur öylaşlari kerak», - deydi u.
















