Bloomberg axborot agentligining vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda xabar qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp moliya vaziri Stiven Mnuçinni lavozimidan böşatiş haqida öylamoqda.

Mnuçin moliya vaziri lavozimida işlayotgandan beri ilk bor jiddiy muammoga duç keldi. U ötgan hafta oltita yirik bank rahbariyati bilan uçraşgan, biroq nobarqaror vaziyatdan xavotirga tuşgan investorlarni tinçlantira olmagan. 

“Oq uyda Mnuçinni unça xuşlaşmaydi va uni “avtobus ostiga” taşlaşdan faqatgina xursand bölişadi”, deb yozgan avvalroq moliya vazirligida işlagan Stiven Mayrou. Uning ta'kidlaşiça, Mnuçinni şu paytgaça Tramp bilan yaxşi munosabati himoyalab kelgan.

Ta'kidlanişiça, Mnuçinning keyingi taqdiri fond birjalari pasayişda davom etişi yoki yöqligiga boğliq böladi. 

24 dekabrdagi savdolar natijalariga köra, AQŞning Dow Jones fond indeksi 22 ming punktdan pastga tuşib ketdi. Mutaxassislar uşbu holatni Trampning Federal zaxira tizimi rahbari Jyerom Pauellni iste'foga çiqarişni rejalaştirayotgani bilan boğlaşmoqda.