26 dekabr, çorşanba kuni Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya örtasidagi çegarada, KXDRning Keson şahri yaqinida temir yöllarni birlaştirişga bağişlangan tantanali marosim ötkazildi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi yozmoqda.
Naşrdan eslatişlariça, 2016 yilgaça Keson Janubiy Koreya korxonalari faoliyat yuritgan erkin iqtisodiy zona bölgan.
Bu yil Seul va Pxenyan örtasidagi munosabatlarda jiddiy özgariş yuz berganini ifodalovçi marosimga Janubiy va Şimoliy Koreya delegatsiyalari, şuningdek, Xitoy, Möğuliston hamda Rossiya vakillari taşrif buyurdi. Rossiya tomonidan transport vazirining örinbosari Vladimir Tokarev iştirok etdi.
«Janubiy Koreya çegarasidan Kesonga olib boradigan yöllar haqiqatan ham qayta tiklandi, biz ulardan ötdik. Yölning qolgan qismini tiklaş uçun, turli hisob-kitoblarga köra, 2-8 milliard dollar talab etiladi. Agar siyosiy qaror qabul qilinsa, bu operatsiya bir yil içida amalga oşirilişi mumkin», - dedi Tokarev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp KXDR masalasida özgariş borligini ma'lum qilgandi.

















