Amerikaning Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan eng keksa faxriysi Riçard Overton vafot etdi, deb xabar berdi Fox News telekanali.
OAVning ma'lumot berişiça, u şuningdek, AQŞdagi eng keksa erkak ham hisoblangan. Overton 1906 yilda tuğilgan bölib, Ikkinçi jahon uruşida uç yil davomida Tinç okeanidagi janglarda qatnaşgan.
U uzoq umr körişiga Yaratganning marhamati sababçi deb bilgan. Overton 110 yoşigaça avtomobil boşqargan.
U 111 yoşga tölganida, Overton 70 yildan ortiq istiqomat qilib kelgan köçaga uning nomi berilgan, hozirda bu köça Overton avenyu deb ataladi.
Faxriy ötgan haftada zotiljam taşxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va reabilitatsiya markazida vafot etgan.

















