Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada mingdan ortiq kishi imperiya ordenlari bilan mukofotlandi
Buyuk Britaniyada yangi yil munosabati bilan mamlakat oldidagi alohida xizmatlari uchun imperiya ordeni bilan mukofotlanganlar nomi e'lon qilindi. Hukumat rasmiy saytiga joylangan sovrindorlar ro‘yxati 1148 kishini o‘z ichiga oladi.
Mukofot tayinlashda 2017 yilda mamlakatda kuzatilgan teraktlar vaqtida xizmat ko‘rsatgan favqulodda holatlar sohasi xodimlariga alohida e'tibor qaratilgan, ulardan jami 43 kishining nomi ro‘yxatda qayd etilgan.
Siyosatchilardan konservatorlar Jon Redvud va Gerri Striter, shuningdek leyborist Alan Kempbell e'tirofga sazovor bo‘lgan. Aktyorlar orasidan Jim Karter va Maykl Peylin, aktrisalar Tendi Nyuton va Sofi Okonedoni ro‘yxatda uchratish mumkin. Shular qatorida kinorejissyor Kristofer Nolan ham bor.
Sport sohasi vakillaridan Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytga jamoani JCh-2018da yarim finalga olib chiqa olgani uchun Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri unvoni berilgan. Terma jamoa sardori, «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn esa Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri deb e'lon qilindi. U ushbu mundialda 6ta gol urib, eng yaxshi to‘purar uchun beriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Unvon sohibi sifatida e'tirof etilganlarning 47 foizini (544 nafar) ayollar tashkil etadi. Bu – 2013 yildan keyingi eng past ko‘rsatkich. Ro‘yxatga kiritilgan 12 foiz shaxslar etnik jihatdan kamchilik vakillari bo‘lsa, 4 foizi nogironligi bor insonlardir.
Ma'lumot uchun, Buyuk Britaniya imperiyasi ordeni 1917 yilda qirolicha Yelizaveta II’ning bobosi – qirol Georg V tomonidan ta'sis etilgan. Mukofot quyidagicha ketma-ketlikdagi beshta darajani o‘z ichiga oladi: kavaler, ofitser, komandor, ritsar-komandor, katta xoch ritsari.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026