Jahon chempionati o‘tgan 2018 yilda bir qancha mashhur futbolchilarning narxi yanada qimmatlashdi. Quyida shunday futbolchilar o‘nligi (transfermarkt ma'lumotlari bo‘yicha) taqdim etiladi.

1. Kilian Mbappe
Klubi: «PSJ»
Yoshi: 20 
Yil boshidagi transfer narxi: 90 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 200 million yevro
O‘sish: 110 million yevro (122,2 foiz)

Foto AFP

Bu yigitcha bir yilda «PSJ» bilan 3 kubok yutdi, Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Yil oxirida esa «Oltin to‘p»ga da'vogarlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

2. Muhammad Saloh
Klubi: «Liverpul»
Yoshi: 26
Yil boshidagi transfer narxi: 40 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 150 million yevro
O‘sish: 110 million yevro (275 foiz)

Foto REUTERS

Misrlik futbolchi bu ro‘yxatga mundialdagi ishtiroki tufayli emas, «Liverpul»da o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari evaziga kirdi. U jahon chempionati arafasida, YeChL finalida yelkasidan jarohat olgani tufayli kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Ammo u Rossiyadagi turnirda Misrning ikkita goliga ham o‘zi muallif bo‘ldi. Joriy mavsum boshida ham Saloh o‘yinida pasayish kuzatildi, ammo yil oxiriga kelib uni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmayapti.

3. Eden Azar
Klubi: «Chelsi»
Yoshi: 27 
Yil boshidagi transfer narxi: 75 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 150 million yevro
O‘sish: 75 million yevro (100 foiz)