2018 yilda bir qator jahon yulduzlarining transfer qiymati pasaydi. Quyida transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra narxi arzonlashgan futbolchilar o‘nligi keltiriladi. Bu ro‘yxatda jahonning ayni vaqtdagi eng kuchli ikki futbolchisi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham bor.

1. Luis Suares
Klubi: «Barselona»
Yoshi: 31
Yil boshidagi transfer narxi: 85 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 60 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 25 million yevro (29,4 foiz)

 Foto AFP

Urugvaylik hujumchi o‘yinidagi pasayish uning transfer qiymatiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatdi. Suares avgust va noyabr oylarida «quruq» seriya qayd etdi. Shu bilan birga u Lionel Messi jarohat olib safdan chiqqan vaqtda muhim o‘yinlarda, jumladan «Real»ga qarshi o‘yinlarda barchasini o‘z qo‘liga olib, goleadorlik xususiyatini namoyish etdi. Lekin u 21 o‘yindan 13tasida maydonni golsiz tark etgan.

2. Lionel Messi
Klubi: «Barselona»
Yoshi: 31
Yil boshidagi transfer narxi: 180 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 160 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (11,1 foiz)

Messining narxi pasayishi uning o‘yinlari bilan emas, yoshi bilan bog‘liq. Messi Suaresdan farqli ravishda samaradorlik ko‘rsatishda davom etmoqda, joriy yilda u «Barselona» safida 49 o‘yinda 47ta gol urdi.

3. Krishtianu Ronaldu
Klubi: «Yuventus»
Yoshi: 33
Yil boshidagi transfer narxi: 120 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 100 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (16,7 foiz)