Silven For Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning matbuot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar xizmati rahbari lavozimini tark etmoqda. Bu haqda Le Parisien gazetasi öz saytida xabar berdi. For uşbu naşrga öz qarorini tasdiqlagan.

Gazetaning ta'kidlaşiça, iste'foga prezident va muqaddam uning yaqin dösti deb hisoblangan yordamçisi örtasidagi munosabatlar yomonlaşuvi sabab bölgan bölişi mumkin. Endilikda, 46 yoşli For Yelisey saroyini prezident ma'muriyatining sobiq xodimi Aleksandr Benallya bilan boğliq ikkinçi mojaro avj olgan paytda tark etmoqda.

For ketiş haqidagi qaroriga izoh berib, «özini oilasiga bağişlaş niyatida» ekanini va bu iste'fo yanvar oyi oxirlarida sodir bölişini xabar qilgan. Prezidentlikka nomzod Emmanuel Makronning 2017 yildagi saylovoldi kampaniyasida faol qatnaşgan For uning matbuot xizmatiga rahbarlik qildi, ammo saylovlardagi ğalabadan söng prezident ma'muriyati matbuot xizmati rahbari lavozimidan boş tortdi. Natijada 2015 yilning bahorida prezident spiçrayteriga aylandi.

For bu lavozimda 2018 yilning yozigaça qoldi, öşanda «Benallya işi» yuzaga kelganidan keyin u Makronning talabi bilan Yelisey saroyi matbuot xizmatini öz qöliga oldi.