Soliq kodeksining yangi tahriri 2019 yil 1 sentyabrga qadar işlab çiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Bu borada Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi qabul qilinadi. 

Loyihada:

ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqqan holda, xalqaro moliya taşkilotlari mutaxassislari bilan birgalikda Soliq kodeksining yangi tahririni işlab çiqiş;

halol soliq tölovçilarni rağbatlantiriş va yaşirin faoliyat yuritadigan sub'yektlarni jazolaş mexanizmlari nazarda tutiladi.

Ijro uçun mas'ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, vazirlik va idoralar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Korzinka.uz tarmoğining asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov soliq olişning yangi tartibiga qaramasdan, çakana savdodagi narxlar özgarişsiz qolgani haqida ma'lum qilgandi.