2018 yil 25-31 dekabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida şaxmat böyiça erkaklar va ayollar örtasida rapid hamda blits yönalişi böyiça jahon çempionati bölib ötdi. Çempionat Xalqaro Şaxmat federatsiyasining rasmiy musobaqasi bölib, mukofot jamğarmasi jami 1 000 000 AQŞ dollari miqdorida belgilangan. 

Mazkur nufuzli çempionatda özbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari Şamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboyev, şuningdek, ayollar örtasidagi bahslarda Gulruhbegim Tohirjonova iştirok etdi.

Rapid yönalişlari böyiça musobaqaning 2 turida sensatsiya qayd etildi. Uşbu turda Şamsiddin Vohidov amaldagi jahon çempioni norvegiyalik xalqaro grossmeyster Magnus Karlsen bilan özaro dona surdi. Partiyaning 22 yurişida xatoga yöl qöygan jahonning mutlaq çempioni 36 yurişda 14 yoşgaça ösmirlar örtasida jahon çempioniga taslim bölişga majbur böldi. Şamsiddin mazkur öyinda ajoyib texnikani işga solib, raqibining xatosidan unumli foydalangan holda raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Ş.Vohidov 15 tur natijalariga köra, 5 nafar xalqaro grossmeysterni mağlubiyatga uçratdi, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang va 1 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi ustidan ğalab qozondi. 15 turdan 8,5 oçko jamğarib, 206 nafar sportçilar orasida 58 örinni qayd etdi hamda öz reytingiga 123 ball qöşdi. 

Çempionatda iştirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5 nafar xalqaro grossmeyster ustidan ğalaba, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang  qayd etib, jami 15 turdan 8 oçko jamğarib, 88 örinni egalladi. Nodirbek Yoqubboyev xalqaro grossmeysterlarga qarşi 7 ta durang, 4 ğalabaga erişib, 7,5 oçkoni qölga kiritdi. 

5 yanvar kuni şaxmat böyiça  Respublika ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktabida jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etib, Magnus Karlsenni mağlubiyatga uçratgan Şamsiddin Vohidov Özbekiston Şaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan MacBook Pro rusumli eng zamonaviy kompyuter bilan taqdirlandi. Federatsiya prezidenti sovğasini birinçi vitse-prezident Husan Turdialiyev topşirdi. 

Foto: Şaxmat federatsiyasi