Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa-sanoati kompleksini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa-sanoati kompleksini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:
harbiy va ikki xil maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek mahalliy korxonalarning manfaatlarini oshirish va investitsiyalarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi mudofaa sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
mudofaa sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari bilan tuzilmaviy diversifikatsiya va integratsiyalashuvni ta'minlash;
Davlat mudofaa sanoati kompleksining “Innovatsiya texnologiyalari markazi” negizida harbiy va ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar, ehtiyot qismlar, eng yangi material va xomashyolarning yangi turlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyot sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta'lim muassasalari, alohida kompaniyalar ishlanmalarini konsolidatsiya qilish bo‘yicha mudofaa sanoati kompleksining ilmiy-konstruktorlik klasterini yaratish;
Qurolli Kuchlarning yuqori sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga qaratilgan harbiy-texnikaviy mulkni sotib olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyul, ijro uchun mas'ullar - Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, DXX, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mudofaa qobiliyati mustahkamlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
18:43 / 03.03.2026