Ulgurji savdo korxonalari tushumidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak tarzida ushlab qolish tartibi bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son «O‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgani tufayli, ulgurji savdo korxonalari uchun o‘tkazilgan har bir savdo operatsiyasidan tushadigan summaning 5 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash tartibi 2019 yil 1 yanvardan bekor qilindi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy Banki boshqaruvining 2010 yil 7 yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda.
Bu haqda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy Bank barcha hududiy moliya boshqarmalariga, Davlat soliq boshqarmalariga, Markaziy Bankning hududiy bosh boshqarmalariga va barcha tijorat banklariga xat jo‘natgan.
Shu munosabat bilan, banklarga ulgurji savdo korxonalari hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘larga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4086-son qaroriga asosan, ushbu Nizom talablari qo‘llanmasligi bildirilgan va to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan hisobvaraqlarga mablag‘larni to‘liq kirim qilinishini, shuningdek, bank hisobvarag‘i shartnomasi shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berilgan.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021