Özbekiston 2019 yildan sobiq sovetlar ittifoqidan amalda bölib kelayotgan yana bir keraksiz hujjat yuritiş amaliyotidan voz keçadi. Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov jurnalistlar bilan bölib ötgan muloqotda şu haqda ma'lum qilgandi.
2017 yil 24 maydagi PF-5052-son farmoniga muvofiq, mamlakatda xodimlarning iş joyi va davlat ijtimoiy suğurtasiga tölov qilgan davri böyiça röyxatga olişning «elektron mehnat daftari» tizimi joriy etilişi munosabati bilan 2019 yilning 1 yanvaridan boşlab birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişi töxtatiladi.
Ma'lumki, mehnat daftarçasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovçi asosiy hujjatdir. Amaldagi tartibga köra xodim işga qabul qilinayotganda uni taqdim etişi şart. Iş beruvçi esa korxonada 5 kundan ortiq işlagan barça xodimlarga mehnat daftarçasini tutişi şart.
Biroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev tizim biroz keyin işga tuşişini aytib, «vazirlik keçikkan»ini bildirdi.
«Biz keç qoldik. 2019 yil 1 yanvardan belgilangan tartibda yangi, elektron mehnat daftarçasini yuritiş işlari boşlanişi kerak edi. Lekin loyihaning texnik yeçimlari va konsepsiyasini işlab çiqiş işlari 2018 yil may oyida boşlanib, noyabrda yakunlandi. Deyarli 15 million personal tarixini tartibli boşqariş uçun texnik yeçimlarni işlab çiqiş şunça muddat talab etdi», – deydi u.
Vazirga köra, elektron mehnat daftarçasiga ötiş, qoğoz hujjatlarni raqamlaştiriş bilan ifodalanmaydi. Tizim boşqa davlat xizmatlari, birinçi galda, pensiya jamğarmasi bilan integrallaştiriladi. Şuningdek, elektron mehnat daftarçasini yuritiş orqali mehnat bozoridagi haqiqiy kartina tiklanadi, işçilarning mahorati va maoşlar haqida ma'lumotlar paydo böladi.
«Dastlab, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning barça tuzilmalari misolida loyiha sinovdan ötkazilişi kutilmoqda. Tizimning beta-versiyasida uçraydigan har qanday muammo va xatolarni 2019 yil aprel oyiga qadar aniqlaşni maqsad qilganmiz. Şundan söng, elektron mehnat daftarçasini yuritiş tizimi takomillaştirilgan holatda barça sub'yektlar uçun taqdim etiladi.
Avvalo, mehnat şartnomasini tuziş işlariga oid tartibini tayyorlaş kerak. Elektron mehnat daftarçasini personallaştiriş masalasi-çi? Biz boşqa mamlakatlar tajribasini örganib, har bir davlatda bu masala öziga xos yeçim mavjudligini aniqladik. Masalan, Ozarbayjonda mehnatga layoqatli har bir fuqaro ERI (elektron raqamli imzo)ga ega. Ammo Özbekistonda aholi köp, ularni ma'muriy yöl bilan ERI olişga majburlaş notöğri va buning imkoni ham yöq.

















