Dilşod Şuhratoviç Sultonov Toşkent viloyatining Yangiyöl şahar hokimi vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi.

Dilşod Sultonov 1980 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodçi. 2002 yilda Toşkent temir yöllari va transport institutini tamomlagan.

Moliya vazirligi tizimida iş faoliyatini 2003 yildan boşlagan. 2003-2012 yillarda Moliya vazirligining soliq siyosati boşqarmasi boş iqtisodçisi, bölimi boşliği örinbosari, bölim boşliği. 2013-2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boşliği, Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimlarida işlagan. 2017-2018 yillarda moliya vazirligining Davlat budjeti boş boşqarmasi boşliği bölgan.

2018 yil sentabridan buyon vazir örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi. Vazirlikdagi özgarişlar doirasida 7 avgust kuni u va Erkin Rustamov örinbosar lavozimidan olindi.

Yangiyöl şahrining oldingi hokimi Farhod Mirzayev 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida işdan olingandi.

Sessiyada Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqidiy-tahliliy nutq sözladi. 

Viloyat hokimi öz sözida Yangiyöl şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida qilingan işlar, mavjud kamçiliklar, reja-maqsadlarga töxtaldi.

«Investitsiya dasturi doirasida ötgan yili 10 ta korxona işga tuşgan, afsuski, bu yilga kelib, şundan 5 tasi faoliyat körsatmayapti. Investitsiya jalb qiliş borasida şaharda oqsoqlik bor. Ikkita eksportyor korxona yaqinda faoliyatini töxtatdi, nega şunday böldi - birov qiziqmadi, yelka tutmadi tadbirkorga. Bu boradagi reja 13 foizga bajarilgan, xolos. 

Samarqand va Baxt mahallalarida 2021 yili boşlangan quriliş-ta’mirlaş işlari hali yakuniga yetmagan, çala. Umuman, 2021 yil uçun «Obod mahalla» dasturida belgilangan qurilişlar atigi 37 foiz bajarilgan, xolos.

«Yangi boğ» mahallasida köp qavatli uy qurib foydalanişga topşirilişi kerak edi. Fuqarolar pulni tölab qöygan. Uy hali çala, quriliş töxtab qolgan. Nega deputatlar, jamoatçilik jim? Mojaro yuzaga kelgunça kutamizmi? Bunday holatga endiyam befarq qaraş gunoh