Avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalariga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri öz manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
2019 yilning 1 kunidan boşlab, respublikaning ayrim hududlarida «gaz zapravka»lari körsatayotgan xizmat narxi yana qimmatlab ketgani kuzatilgandi. AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi örtaça 300–400 sömga oşdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 söm böldi. Oxirgi marta uşbu holat 2018 yil noyabr oyida, respublikaning barça hududlarida joylaşgan şoxobçalarda kuzatilgandi.
Xizmat narxining keskin oşib ketişiga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun 2 koeffitsiyentda tölov amalga oşirilişi vaj qilib körsatilgandi. Öşa payt, AGTKSda gaz tanqis bölişini oldini oliş maqsadida, «Özbekneftgaz» noyabr oyi uçun qöşimça 40 million kub.m gazni realizatsiya qilişga kirişgandi.
Ayni paytda limitdan taşqari realizatsiya qilinadigan gaz uçun koeffitsiyent miqdori 1,4 etib belgilanişi nazarda tutilmoqda.
«Limitni töliq bekor qilib, gazning AGTKSda realizatsiyasi uçun yagona narx belgilanişi körib çiqilmoqda. Şunda halol raqobat paydo böladi, talabga köra gaz yetkazib beriş ta'minlanadi», — deydi Kun.uz bilan suhbatda manba.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov gaz masalasida Kun.uz'ga intervyu berib, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan 2 koeffitsiyent miqdordagi tölovni amalga oşiriş tartibi bekor qilinişi haqida gapirgandi.

















