Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan sud boshlandi. Ular terrorizmda ayblanmoqda
Shvetsiyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik olti shaxs va Qirg‘izistonning bir nafar fuqarosi Stokgolmdagi sud oldida javob beradi, ular IShID terrorchilik guruhiga pul o‘tkazishda ayblanmoqda.
Shuningdek, Markaziy Osiyodan bo‘lgan uch nafar erkak Shvetsiya hududida terrorchilik xuruji sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.
Birinchi majlis 7 yanvar kuni Stokgolm sudining qattiq rejimdagi kamerasida bo‘lib o‘tdi, u yerda ayblanuvchilar: O‘zbekiston fuqarolari Akramjon Ergashev, Baxtiyor Umarov, G‘ulom Tojiyev, Shohmad Mahmudov, Devid Idrisson, shuningdek, qirg‘izistonlik gumondor Otabek Abdullayev o‘q o‘tmaydigan oyna orqa qismida o‘tirishgan.
Abdullayev, Idrisson va Umarov «odamlarni o‘ldirish va boshqa zarar yetkazish» maqsadida kimyoviy moddalar hamda boshqa uskunalar, jumladan, shtiklar va radioqurilmalarni sotib olganlikda ayblanmoqda, deyiladi ayblov xulosasida.
24 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan barcha olti nafar gumonlanuvchi Shvetsiyada qonuniy ravishda yashadi. Ular barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Sud jarayoni 11 fevralgacha davom etadi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, uch gumondor - O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari. Ulardan kamida bir nafari 2017 yil 7 aprel kuni Shvetsiya poytaxti markaziy savdo ko‘chasida odamlar ustiga yuk mashinasini haydab borgan shaxs, O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov bilan aloqada bo‘lgan.
2017 yili 7 aprel kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda yuk mashinasi yo‘l chetidagi piyodalar ustiga katta tezlikda kelib, urilgan. Drottninggatan ko‘chasida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi taxminan 500 metr masofani bosib o‘tishi bilan Åhlens savdo markazi joylashgan binoga «bostirib kirgandi». Hodisa joyida 5 kishi vafot etdi, yana 15 nafar tinch aholi vakillari jarohat oldi.
Oqilov voqea joyidan qochib ketgan, ammo tez orada qo‘lga olingan, u sudda jinoyatni sodir etganini tan olgan.
Shvetsiya sudi 2018 yilning iyun oyida Rahmat Oqilovni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
17:00 / 31.03.2026