Oxirgi bir neça yil içida dunyoda tinç aholiga tegişli öqotar qurol soni keskin oşdi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar berdi.
Naşr Şveytsariyaning Small Arms Survey taşkiloti tadqiqoti natijalarini keltirib ötgan. Tadqiqotda 2017 yil yakunlariga köra, dunyoda öqotar qurolning umumiy soni 1 mlrdga yetgani, bu 2006 yilga nisbatan 32 foiz köpligi aytilgan.
Ma'lum qilinişiça, bu qurolning 85 foizi – 857 mln donasi tinç aholi qölida mujassamlaşgan, 133 mln donasi (13 foizi) harbiylarda, 23 mln donasi (2 foizi) huquq-tartibot idoralari ixtiyorida.
Eng köp qurol AQŞ aholisida bölib, uning soni 393,3 mln donani taşkil qiladi. Bu borada 2-örinni Hindiston (71,1 mln dona öqotar qurol), 3-örinni Xitoy (49,7 mln dona), 4-örinni Pokiston (43,9 mln dona) va 5-örinni Rossiya (17,6 mln dona) egallaydi.

















