Jahon | 15:17 / 09.01.2019
14115
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning millatga murojaati muvaffaqiyatsizlikka uchragani aytildi

Foto: Andrew Harrer/Bloomberg

AQSh prezidenti Donald Trampning Meksika bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha millatga murojaati amerikaliklar jamoatchilik fikriga deyarli ta'sir qilmadi, deb yozmoqda Bloomberg sharhlovchisi Jonatan Bernshteyn.

Bundan tashqari, Tramp nutq bilan samarali chiqish qila olmadi va, umuman olganda, telesuflyordan o‘qish amaliyotiga hech qachon ega bo‘lmagan, deyiladi materialda.

Boz ustiga, jamoatchilik so‘rovlari natijalari bo‘yicha Meksika bilan chegarada devor qurish g‘oyasi mashhurligi prezidentning o‘ziga qaraganda ham kamdir, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.

AQSh prezidentining Meksika bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha praym-taymdagi nutqi hech qanday samara bermaydi, deya ta'kidlaydi agentlik. Millatga murojaat oxirida Tramp nutqni tugatishga o‘zini majburlayotgandek bo‘lib tuyuldi, u o‘ziga hatto qiziq ham bo‘lmagan, deb yozadi Bernshteyn.

Shu bilan birga, AQShda hukumat ishining qisman to‘xtashi davom etmoqda, Trampni ma'qullash reytinglari pasayib bormoqda, Amerika prezidentining millatga murojaatidan keyin esa hech narsa o‘zgargani yo‘q va «prezidentni qutqarishi hamda bunga yakun yasashi mumkin bo‘lgan» hech narsa ro‘y bermadi, deya xulosa qiladi muallif.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq demokratlar yetakchilari Trampga chaqiriq bilan chiqishgandi.

Mavzuga oid