21-23 fevral kunlari Özbekistonda Ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forum bölib ötadi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tadbirni Taşqi işlar vazirligi, Din işlari böyiça davlat qömitasi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari hamda Özbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda ötkazadi, deyiladi uzbekistan.travel saytida. 

Xalqaro forumni ötkazişdan maqsad – ziyorat turizmini rivojlantirişda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va bu yönalişda töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş, Özbekistonning dunyodagi eng yirik ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida tan olinişi va "Halol" jahon standartlarining joriy qilinişi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ötkazilayotgan forumda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va ziyorat turizmi sohasi mutaxassislari iştirok etişadi. 

Tadbirning birinçi kunida OAV vakillari uçun - matbuot anjumani, forum mehmonlari va iştirokçilari uçun esa Buxoroning ziyorat markazlari, Peşku tumanidagi Ibn Sino muzeyi hamda buyuk olimning vatani maşhur Afşona qişloği böylab ekskursiyalar ötkaziş rejalaştirilgan.

Forumning ikkinçi kuni Buxoro viloyatining yoşlar markazida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Uluğbek Qosimxöjayev iştirokida tadbirning tantanali oçiliş marosimi ötkaziladi. 

Şu yerning özida xorijiy ekspertlar iştirokida mamlakatning ziyorat turizmi salohiyatini oşiriş masalalari böyiça uç yalpi sessiya va islom madaniyati hamda sivilizatsiyasi rivojida Özbekistonning madaniy-tarixiy markazlari roli töğrisidagi deklaratsiyani imzolaş marosimi bölib ötadi. 

Tadbir yakunlariga köra xorijiy hamkorlar bilan investitsion şartnomalar imzolanişi kutilmoqda.

Forumning oxirgi kuni mehmonlar uçun Samarqandning diqqatga sazovor maskanlari böylab tanişuv turi ötkaziladi.