Asia Alliance Bank endi davlatga tegişli, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak bermoqda. MB saytidagi ma'lumotga köra, endi mamlakatda beşta davlat banki bor - «Poytaxt bank», Özmilliybank, Xalq banki, «Asaka» bank va Asia Alliance Bank.
Xususiy banklar soni oltita - «Trastbank», «Turkiston», «Davr-bank», Ravnaq-bank, Hi-Tech Bank, «Oriyent finans». Beşta bank xorijiy kapital iştirokida taşkil etilgan - «Savdogar», Hamkorbank, «KDB Bank Özbekiston», Ziraat Bank Uzbekistan va Eronning Saderat bankining Toşkentdagi şö'basi. Qolgan ön törttasi - aksiyadorlik-tijorat banklari.
2018 yilning oktabr oyida ba'zi OAVda tijorat banki aksiyalarining 45 foizi davlatga ötgani haqida xabar paydo bölgandi. Ma'lumotlarga köra, bank aksiyalar emissiyasini ötkazgan va davlat muassasalari körinişida yangi aksiyadorlarni jalb qilgan.
2018 yilning dekabr oyi oxirida bank rahbariyati davlat xizmatçilariga ötgani ma'lum böldi - bank Kengaşi va Reviziya komissiyasi tarkibi butunlay özgardi. Endi u yerda xususiy kompaniyalar vakillarining örniga Vazirlar Mahkamasi, Davlat raqobat qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi va h.k. vakillari bor.
Asia Alliance Bank 2009 yilda taşkil etilgan. Öşanda Markaziy bankdan litsenziya ham olgan. 2010 yilda SWIFT, Western Union, Asia-Expess’ga ulandi, Rossiya va Germaniya banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini örnatdi.

















