Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişda şaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari örtasidagi muvozanatni saqlaş ğoyalarini aholi ongiga singdiriş işlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlaşga özining jiddiy salbiy ta'sirini körsatmoqda.

Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişning asosiy vazifalari etib belgilandi:

aholiga mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izçil yetkaziş tizimini şakllantiriş, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptiriş ‒ demokratik huquqiy davlat qurişning garovidir!” degan hayotiy ğoyani mustahkamlaş;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravişda olib borilişiga alohida e'tibor qaratiş, maktabgaça ta'lim tizimidan boşlab, aholining barça qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni çuqur singdiriş, şaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari örtasidagi muvozanatni saqlaş ğoyalarini keng tarğib qiliş;

yoş avlod ongiga huquq va burç, halollik va poklik tuşunçalarini hamda odob-axloq normalarini çuqur singdirib boriş, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boşlab örgatiş;

aholi örtasida huquqiy madaniyatni şakllantiriş böyiça huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini örgatiş bilan uyğun holda taşkil qiliş, şuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlaniş tuyğularini şakllantiriş orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuçaytiriş;

davlat xizmatçilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib boriş, ularda korrupsiya va boşqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini şakllantiriş;

davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy tarğibotni amalga oşiriş borasidagi özaro hamkorligini mustahkamlaş;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşirişga doir tadbirlarni taşkil etişda ijtimoiy şeriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanişni tizimli asosda yölga qöyiş;