Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Umidjon Zokirjonoviç Salimov Iqtisodiyot vazirligi örnida qayta taşkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «Özavtosanoat» AJ boşqaruv raisi örinbosari bölgan, 2013-2017 yillarda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan, 2017 yil aprelida «Özavtosanoat» AJga qaytgan va boşqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylaştiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida iş boşlagan, öşa yilning avgustida «Özavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, şu kungaça «Özavtosanoat» AJ boşqaruv raisining rivojlantiriş va marketing böyiça örinbosari sifatida faoliyatini davom ettirayotgandi.
Özbekiston prezidentning «Iqtisodiy rivojlaniş sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta taşkil etildi.
Bundan oldinroq, Ravşan Ğulomov Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayevga birinçi örinbosar, Sohib Saifnazarov esa örinbosar etib tayinlangani haqida xabarlar berilgandi.

















