13 yanvar kuni Yevropa yaşil maydonlarida bir qator katta öyinlar bölib ötadi.
13 yanvar, yakşanba
«Tottenhem» – «Mançester Yunayted». 21.30. «Uembli» stadioni.
«Barselona» – «Eybar». 22.30. «Kamp Nou» stadioni.
«Betis» – «Real». 00.45. «Benito Vilyamarin» stadioni.
«Marsel» – «Monako». 01.00. «Velodrom» stadioni.
Sulşer yölida Keyn

Ole Gunner Sulşer «Mançester Yunayted» muxlislariga özini sevdira oldi. Uning «qizil iblislar» boşqaruvida ajoyib debyut qayd etdi. Joze Mourino «Liverpul»ga mağlub bölingaç, iste'foga çiqarilganidan keyin vaqtinçalik boş murabbiy siftida tayinlangan norvegiyalik mutaxassis qatorasiga 5 öyinda ğalaba qozondi (APL doirasida «Kardiff» 5:1, «Haddersfild» 3:1, «Bornmut» 4:1, «Nyukasl» 2:0 hisobida mağlub etildi, şuningdek, jamoa Angliya Kubogida «Reding»dan 2:0 hisobida ustun kelib, keyingi bosqiçga ötdi).
Endi u va jamoani jiddiy sinov kutmoqda. APLning bu turidagi markaziy uçraşuvi «Uembli» stadionida «Tottenhem» va «Mançester Yunayted» örtasida keçadi.
Yozgi transferlar çoğida bitta ham yangi futbolçi xarid qilmagan «Tottenhem» mavsumni yaxşi ötkazmoqda va kuçli uçlikda bormoqda.
Maurisio Poçettino bu öyinda jamoaning asosiy tayanç yarimhimoyaçisi Erik Dayyer, hujumkor yarimhimoyaçi Lukas Moura, stopper Mussa Dembele, himoyaçi Yan Fertongen xizmatlaridan foydalana olmaydi. Ammo mançesterliklar darvozasiga Harri Keyn doimiy ravişda tahdid solib turişi mumkin. Seşanba oqşomida Angliya Ligasi Kubogi yarim finalida «Çelsi» darvozasiga penaltidan gol urgan Harri Keyn joriy mavsumda barça turnirlar doirasida urgan gollari sonini 20taga yetkazdi va «Tottenhem»ning qatorasiga 5 mavsum davomida kamida 20tadan gol urgan ilk futbolçisiga aylandi. Qolaversa, u qatorasiga 6 öyinda golda iştirok etiş orqali öz şaxsiy rekordini yaxşiladi. U 160 gol bilan londonliklar klubi tarixidagi eng yaxşi töpurar bölib turibdi. Qolaversa, agar u bugun ham gol ursa, APLning joriy mavsumida töpurarlar poygasida yakkapeşqadam bölib oladi, hozirça u APL öyinlarida «Arsenal» hujumçisi Per-Emerik Obameyang va «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh kabi 14tadan gol urgan.













