Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida (TATKHK) qabul qiliş komissiyasi “Boşqaruv qurilmalarini işlab çiqiş va ularga xizmat körsatiş” deb nomlangan yangi fakultetga talabalarni qabul qiliş jarayonini boşladi. 

Hujjatlarni qabul qiliş 2019 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi, öquv kursi 2019 yilning mart oyida boşlanadi.

Yangi “Boşqaruv qurilmalarini işlab çiqiş va ularga xizmat körsatiş” fakulteti – Puçon Universiteti (Janubiy Koreya) va Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining qöşma loyihasi.

“Kasb-hunar ta'limi sohasida xalqaro hamkorlikning maqsadi jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşiş, XXI asr – bilim va axborot asri talablariga javob beruvçi yuqori malakali kadrlar yetiştirişdan iborat. Dizayni va jihozlanişi böyiça yangi fakultet auditoriyalari va laboratoriyalari Puçon Universitetida qabul qilingan standartlarga mos keladi. Ta'lim yuqorida aytib ötilgan universitetning pedagogik texnologiyalariga yaqin ravişda olib boriladi, ikkinçi bosqiçda esa talabalar Puçon Universitetining ayrim professorlari bilan tanişadilar”, – deydi TATKHK direktori Dmitriy Li.

Öquv rejasi Puçon Universiteti tomonidan taqdim etilgan bölib, Özbekiston Respublikasining standartlariga moslaştirilgan. Dasturda koreys tilini kuçaytirilgan ravişda (boşidan boşlab) örganiş nazarda tutilgan bölib, talaba ikki yil içida TOPIK ning 3-darajasiga tayyor böladi.

Öqişning 1 va 2-bosqiçlari Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida bölib ötadi. Öqiş özbek va rus tillarida olib boriladi. TATKHKda öqiş muvaffaqiyatli tamomlanganidan söng, bitiruvçiga mahalliy namunadagi diplom beriladi.

2-bosqiçni tamomlagandan söng, koreys tili böyiça 3-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlardan a'lo va yaxşi baho olgan TATKHK talabalari Puçon Universiteti 3-bosqiçi bakalavr yönalişiga imtihonsiz olinadi. 4-bosqiç bitiruvçi talabalarga Janubiy Koreya Respublikasida öqiş yönalişi böyiça bakalavr diplomi beriladi.

TATKHKda öqişning bir yillik tölovi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining şartnoma tuzilgan sanadagi kursi böyiça sömda tölanadi va umumiy qiymati 2000 AQŞ dollarini taşkil etadi.