2018 yilning 21 dekabr kuni Surxondaryo viloyati jinoyat işlari böyiça Qiziriq tuman sudi sudya B. Madaminov raisligida fuqarolar A.J., U.Ç. va J.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 202-moddasi («Hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş») 3-qismi, «ye» bandi («juda köp miqdorda zarar keltiriş») bilan ayblov körib çiqdi.

Sudning aniqlaşiga köra, ayblanuvçilar 2018 yil 11 iyun kuni Şerobod tumani «Köhitang» toğ tizmasi hududidagi davlat muhofazasiga olingan «Oltiköllik» darasida ovga çiqişgan.

Bu guruh darada Özbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga, şuningdek, Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qiliş Xalqaro Ittifoq Qizil kitobiga kiritilgan, yer yuzidan butunlay yöq bölib ketiş arafasida bölgan morxörni (burama şoxli toğ eçikisi) ovlaşgan. Ovçilar uç morxörni öldirişgan. Jonivorlarni söyişgan va boşi, tört oyoği va göştlarini safar xaltalariga joylaşgan. Buning natijasida qöriqxonaga juda köp miqdorda - 310 mln 32 ming sömlik zarar yetkazilgan.

Juda köp miqdor - eng kam oylik iş haqining beş yuz baravari va undan ortiq bölgan miqdor (2018 yil 29 noyabr holatiga 101.365.000 söm va undan ortiq).

Sudlanuvçilar öz ayblariga iqror bölişgan. Sudlanuvçilarga nisbatan 202-modda, 3-qismi «ye» bandi bilan 45-moddani qöllab (muayyan huquqdan mahrum qiliş) 4 yilga ozodlikdan çeklaş va bir yilga muddatga ovçilik qiliş huquqidan mahrum etiş jazosi tayinlangan.

Taraflar hukmdan norozi bölgan taqdirda yuqori instansiyaga murojaat etişi tuşuntirilgan.