Huawei asosçisi Jen Çjenfey kompaniyasi heç qaçon Xitoy foydasiga josuslik qilmaganini aytdi. Bu haqda Financial Times naşri ma'lum qildi.
“Men davlatimni yaxşi köraman, kompartiyani qöllab-quvvatlayman, biroq heç qaçon biror davlatga ziyon yetkazadigan iş qilmayman”, deb aytgan Jen Çjenfey matbuotda.
Uning ta'kidlaşiça, kompaniya “hukumatdan lozim bölmagan ma'lumot taqdim qilinişi haqida heç qanday sörov olmagan”.
Jen Çjenfeyning aytişiça, Huawei’ning moliyaviy direktori va Vankuverda AQŞ sörovi bilan hibsga olingan qizi Men Vançjouni juda soğinganini aytgan.
Avvalroq AQŞ ma'muriyati bir qator ittifoqdoş davlatlardagi simsiz aloqa va internet provayderlarni Vaşington yaşirinça josuslikda ayblayotgan Huawei kompaniyasi qurilmalaridan voz keçişga çaqirgan.












