O‘zbekiston | 12:05 / 16.01.2019
11562
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qonunchilik yangi tushuncha bilan to‘ldirildi: ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660–II-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

3-modda (Asosiy tushunchalar):

uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”;

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish – yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, to‘plash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish”.

Mavzuga oid