Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida:
xorijiy oliy ta'lim muassasalarining tajribalarini örganiş asosida iş beruvçilarning talablaridan kelib çiqib, malaka talablari, öquv reja va fan dasturlarini qayta körib çiqişni;
jismoniy tarbiya va sport sohasida öquv adabiyotlarini xorijiy davlatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalarida foydalanilayotgan tegişli adabiyotlarning tanqidiy tahlilini olib boriş asosida ularning yangi avlodini yaratişni;
öquv jarayonida xalqaro tajriba asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaş vositasida talabalarning bilim darajasi va ularni öqitiş sifatini oşirişni;
xorijiy mamlakatlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professor-öqituvçilari, tajribali amaliyotçilari, trenerlarini jalb qilgan holda universitetning talabalari, professor-öqituvçilarining malakasini oşiriş maqsadida öquv kurslarini taşkil etişni;
xalqaro hamkorlik ta'lim dasturlari asosida qişki sport turlarini rivojlantiriş böyiça mutaxassislarni jalb etişni;
mehnat bozorining ehtiyojiga muvofiq xalqaro qöşma ta'lim dasturlari asosida oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlarni tayyorlaşni;
ilmiy salohiyatni har tomonlama oşiriş maqsadida magistrantlar va doktorantlarni maqsadli tayyorlaşni amalga oşirişni ta'minlaydilar.
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tubdan takomillaştiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanişi mumkin.
“Yöl xaritasi”ga köra rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilğor tajribasi va mahalliy kadrlar iste'molçilarining talablaridan kelib çiqib, soha böyiça zamonaviy ta'lim xizmatini körsatiş jarayonlari, innovatsion pedagogik texnologiyalarda öz aksini topgan davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlari qayta işlab çiqiladi.
















