Uzoq yillar xorijda işlab tajriba orttirgan mutaxassis – Jörayev Nazirjon Xomidoviç Navoiy viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar böyiça maslahatçisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

N.Jörayev 1983 yilda Karmana tumanida tuğilgan. Navoiy davlat konçilik institutini bitirgan. 2007 yilda London buxgalteriya va moliya kollejini tamomlagaç, 2011 yilgaça Angliyada “Oceanic Village LTD” kompaniyasida menedjyer, 2018 yilgaça “Jones Lang Lasalle” kompaniyasida biznes inşootlarini boşqariş böyiça menedjyer yordamçisi vazifalarida işlagan. Şuningdek, London qimmatli qoğozlar bozorida tajriba töplagan. Şu davrda Angliya Raskin universitetining magistratura bosqiçida ta'lim olgan.

«Özbekistonda men kabi yoş mutaxassislarning har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganini körib, tuğilib ösgan yurtimga qaytib, xizmat qilişga qaror qildim. Viloyat hokimining taklifidan ruhlanib, ğayrat va şijoat bilan işga kirişmoqdaman. Navoiy viloyati juda katta resurslarga boy hudud hisoblanadi. Xususan, yer osti va yer usti tabiiy zaxiralaridan quriliş industriyasida keng foydalaniladigan şişa, marmar va granit toşlari hamda bazalt tolasini işlab çiqariş imkoniyatlarini örganib çiqdim. Xorijiy investorlar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatib, import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş böyiça viloyatda katta imkoniyatlar mavjud ekan. Xorijda örganganlarimni hayotda qöllaş imkoniyatiga ega bölganim uçun Prezidentimizdan juda minnatdorman», – deydi hokim maslahatçisi N.Jörayev.

Tajribali mutaxassis viloyatga kamida 2 ta xalqaro banklarning investitsiyalarini jalb etiş, Germaniyadagi xalqaro universitetning filialini oçiş hamda bir qator innovatsion ğoyalarni öz içiga olgan investitsion loyihalar böyiça öz takliflarini ilgari surmoqda.