Internetda 773 mln ta elektron poçta adresi va 22 mln ta paroldan iborat ma'lumotlar bazasi joylaştirildi. Bu haqda kompyuter xavfsizligi böyiça mutaxassis Troy Xant ma'lum qildi.
The Wired naşrining ta'kidlaşiça, bu öğirlangan ma'lumotlar saqlanuvçi eng yirik bazalardan biridir.
Xantning ma'lum qilişiça, 87 gigabayt hajmga ega, “Kolleksiya № 1” deb atalgan papka MEGA bulutli xizmati va “ommaviy xakerlar forumida” joylaştirilgan. Töplam, körinişiça, turli yillarga tegişli turli manbalardan olingan.
U akkauntlarlarni öğirlaşda qöllaş uçun yaratilgan bölişi mumkin: xakerlar biror saytni tanlab, bazadan avtomatik ravişda kombinatsiyalarni qöyib köradi. Odamlar ba'zan bir xil login va parollarni qöllaşi sababli, jinoyatçilar ularning akkauntlari ustidan nazoratni qölga kiritişga muvaffaq böladi.
Sizning poçta adresingiz “Kolleksii № 1” bazasida bor-yöqligini Xantga tegişli “Have I Been Pwned?” saytida tekşirişingiz mumkin.
















