Interpolning sobiq rahbari, hozirda Xitoyda tergov qilinayotgan Men Xunveyning rafiqasi Fransiyada boşpana berilişini söradi. Bu haqda France Info radiostansiyasi xabar berdi.
“Fransiya hukumati meni himoya qilişi, menga va farzanddlarimga yordam berişi kerak”, deb aytgan Greys Men.
Ayolning aytişiça, 2018 yil kuzida uni öğirlab ketişmoqçi bölişgan. Uning ma'lum qilişiça, oktyabrda uning yoniga ikki xitoylik tadbirkor kelib, unga ular bilan birga Çexiyaga xususiy samolyotda uçişni taklif qilgan. Greys Menning ta'kidlaşiça, xitoyliklar ikki kundan keyin yana kelib, unga bu gal Yevropa şaharlari böylab turga jönaşni taklif qilişgan. Ayol ularga rad javobini bergan.
“Şu urinişdan keyin politsiyani ogohlantirdim”, deb ma'lum qilgan ayol.
Bundan taşqari, Xitoyning Liondagi konsulligi unga turmuş örtoğidan xat borligini, biroq uni oliş uçun ayolning şaxsan özi kelişi kerakligini xabar qilgan. Ayol maktubning Fransiya politsiyasi orqali berilişini söragan, biroq u uşbu iltimosiga Xitoy tomonidan javob olmagan.
Fransiya OAV ma'lumotlariga köra, Greys Men hozirda Interpol boş qarorgohi joylaşgan Lionda qolmoqda.
Oktabr boşida Fransiyada Men Xunveyning yöqolib qolişi yuzasidan tergov boşlangan. Uning yöqolib qolgani haqida rafiqasi ma'lum qilgan.
Keyinroq Xitoy tomoni Men Xunvey Xitoyda korrupsiya işi böyiça tergov ostida ekanligini ma'lum qilgan.
Men Xunvey 7 oktyabrda Interpol prezidenti lavozimidan ketişini ma'lum qilgan.













