Özbekiston IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi kiberjinoyatçilik haqida ma'lumot berib, mamlakatda qayd etilgan şunday holatlar haqida ba'zi tafsilotlarni oçiqladi.
Xususan, Samarqand viloyatida bir guruh şaxslar tomonidan «OLTINYUL.UZ» va «E-SUM.UZ» veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan.
Şu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. sömdan ortiq pul mablağlari yiğilib, uşbu guruh tomonidan özlaştirilgan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning şeriklariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Bundan taşqari, 2018 yil 23 iyul kuni Toşkent şahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat raqamlari öğirlanib, jabrlanuvçilardan davlat raqamlarini qaytariş evaziga Internet tarmoğidagi “QIWI” va “WEB money” elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent şahar Bektemir tumanida yaşovçi 19 yoşli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.
Şuningdek, 2018 yilning 4 oktabr kuni Internet tarmoğidagi “Telegram” messenjeridagi 374 mingdan ortiq a'zolari bölgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvçi dasturlar tarqatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Farğona viloyatida yaşovçi M.V. sodir etganligi aniqlanib, qölga olindi.

















