Bugun, 21 yanvar kuni Toşkent şahrining jinoyat işlari böyiça sudida 2018 yilning avgustida «Aurum-898» tungi klubida öldirilgan sportçi Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni boşlandi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, bugungi sud majlisida sudlanuvçilar Şodali Qiliçov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.

Iş böyiça raislik qiluvçi S. Karimovga A. Nişonov va M.Mirağzamov maslahatçilik qilişdi.

Sud majlisida Şodali Qiliçovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam öldiriş») 2-qismining «v» va «j» bandlari, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jaxongir Yorqulovga nisbatan JKning 277-moddasi («Bezorilik») 3-qismi «g» bandi bilan ayblanib jinoyat işi körilayotgani e'lon qilindi. 

Söngra rais tomonidan sud tergovi boşlangani ma'lum qilindi.

Birinçi sud eşituvi davomida sudlanuvçilarning körsatmalari tinglandi. Davlat ayblovçisi ayblov xulosasini e'lon qildi. Sud majlisi tortişuvlarga boy tarzda bölib ötdi.

Sud jarayoni davom etmoqda. Sud 23 yanvar sanasigaça tanaffus e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga ötar keçasi, taxminan, soat 00:25 lar atrofida Yunusobod tumanida joylaşgan «Aurum 898» tungi klubi oldida yuzaga kelgan piçoqbozlik vaqtida erkin kuraş böyiça xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoşli Jamşid Kenjayev halok bölgandi.

Uşbu fojia internetda katta rezonans keltirib çiqardi, tungi klub yopib qöyildi.